Bolalar maydonchasi va yashil hudud
Bir necha qadam narida joylashgan zamonaviy biznes-maktab bolalaringizga sifatli ta’lim va keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Keng xiyobonlar, chiroyli gulzorlar va yorug‘ yo‘laklar esa dam olish va sayr qilish uchun qulay muhit yaratadi.
SPORT ZALLAR VA WORK-OUT MAYDONLARI
Fazo Avenue’da zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan sport zali mavjud. Majmuadan chiqmasdan turib jismoniy shaklingizni saqlash va sog‘lig‘ingizga e’tibor qaratish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, keng xiyobonlar va ochiq maydonlar faol dam olish va kundalik sport mashg‘ulotlari uchun ideal sharoit yaratadi.
Ayollar fitnes zali, SPA va go‘zallik markazi
Turar-joy majmuamizdagi ikki qavatli majmua ayollar salomatligi va go‘zalligi uchun xizmat qiladi:
- 1-qavat: Fitness zal, sauna, basseyn va massaj — dam olish uchun ideal maskan.
- 2-qavat: Go‘zallik saloni — professional xizmat va yangi qiyofa.
Qulay va keng avtoturargohlar
Fazo Avenue turar-joy majmuasida avtomobilingiz xavfsizligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Majmuada ikki turdagi avtoturargoh mavjud:
- Yer osti avtoturargohi: 146 ta mashina uchun bo'lib, avtomobilingizni ob-havo injiqliklaridan himoya qiladi va kechayu kunduz qo‘riqlanadi.
- Yer usti avtoturargohi: 500 ta mashina uchun keng va qulay maydon.
Xalqaro maktab va bog‘cha bir qadamda joylashgan
Farzandlaringiz kelajagi o‘z uyingiz yonida! Majmuamizda:
- Xalqaro maktab: 500 o‘rinli zamonaviy dargohda faqat bilim emas, balki tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ham o‘rgatiladi.
- Maktabgacha ta’lim: 300 o‘rinli bog‘cha — bolajonlar uchun xavfsiz muhit.